15:57 / 15.03.2022
7790
Navalniyni 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish so‘raldi

Tovlamachilik va sudyani haqorat qilish to‘g‘risidagi ish Moskvaning Lefortovo rayon sudi tomonidan Navalniy jazo muddatini o‘tayotgan Vladimir oblastidagi koloniyada ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Davlat ayblovi Aleksey Navalniyni yangi ish bo‘yicha 13 yilga ozodlikdan mahrum qilishni va 1,2 million rubl jarimaga tortishni so‘radi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Tovlamachilik va sudyani haqorat qilish to‘g‘risidagi ish Moskvaning Lefortovo rayon sudi tomonidan Navalniy jazo muddatini o‘tayotgan Vladimir oblastidagi koloniyada ko‘rib chiqilmoqda.

"Avvalgi jazoni hisobga olib Navalniyga ikki yil ozodlikni cheklash jazosi bilan uzil-kesil 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish hamda 1 mln 200 ming rubl jarima solish belgilansin", - degan prokuror Nadejda Tixonova.

Ma’lumot berilishicha, tovlamachilik bo‘yicha ish bir yil avval qo‘zg‘atilgan. Tergovning bildirishicha, Navalniy "Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi"ga xayriya qilingan mablag‘larning bir qismini o‘zlashtirgan va o‘z maqsadlari uchun sarflagan.

Ikkinchi ish esa Ikkinchi jahon urushi faxriysi Ignat Artyomenkoga tuhmat qilgani uchun Navalniy o‘ziga nisbatan hukm chiqargan sudya Vera Akimovani haqorat qilgani sababli qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid
Top