"Dul" va "Tianj" AESlaridagi ikki reaktorning ishlash muddati 2035 yilgacha uzaytiriladi.
Belgiya hukumati energiya resurslari narxi keskin oshishi ortidan mamlakatdagi atom elektr stansiyalarini 2025 yilda yopish rejasini yana o‘n yilga ortga surdi.
Mamlakat bosh vaziri Aleksander De Krooning bildirishicha, hukumat yadroviy reaktorlardan foydalanish muddatini uzaytirish uchun zarur choralar ko‘rishga qaror qilgan.
Rejaga ko‘ra, "Dul" va "Tianj" AESlaridagi ikki reaktorning ishlash muddati 2035 yilgacha uzaytiriladi.
Shu bilan birga, Belgiya hukumati qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish jarayonini tezlashtirishni ko‘zda tutmoqda.
Hozirda Belgiyada yettita reaktorli ikkita atom elektr stansiyasi ishlamoqda. Hukumat yadroviy energetikadan bosqichma-bosqich voz kechishni rejalashtirgan.