Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi Özbekiston, Qirğiziston, Myanma va Şarqiy Osiyoning orol davlatlari bilan kiçik atom elektr stansiyalarini quriş masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda korporatsiya boş direktori Aleksey Lixaçev Davlat Dumasida ma’lum qildi.
Lixaçev kiçik atom elektr stansiyalariga talab yuqori ekanini ta’kidladi.
«Tahlilçilarimiz yaqin 10-15 yil içida sayyoramizda 30-40 GVt kam quvvatli atom elektr stansiyalari qurilişini aytişmoqda», dedi u.
«Rosatom» rahbari, şuningdek, Rossiyaning «Nornikel», «Gazpromneft» va «Lukoyl» kompaniyalari bilan kiçik atom elektr stansiyalari loyihalari böyiça olib borilayotgan muzokaralar haqida ham ma’lumot berdi.
«Bir qança davlatlar bizning hamkorimiz va mijozimiz. Ayrimlari bilan hukumatlararo bitim tuzilgan, şartnomalar ustida iş olib borilmoqda. Va ba’zilari bilan hali ham texnik köriniş va iqtisodiy model darajasida [işlaymiz]. Biz Özbekiston, Qirğiziston, Myanma va Janubi-Şarqiy Osiyodagi qator orol davlatlari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz», dedi u.














