07:41 / 25.03.2022
2686
O‘zbekiston statistika sohasidagi xalqaro shartnomaga qo‘shildi

“Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Rasmiy statistika sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi

Bitim 2013 yil 31 may kuni Minsk shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan. 

Davlat statistika qo‘mitasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Top