Özbekistonda yanvar-aprel oylarida iste’mol narxlari oşişi 2,59 foizni taşkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilingan.
Aprel oyida iste’mol narxlari ötgan yilga nisbatan (0,82 foiz) biroz tezlaşib, 0,93 foizni taşkil etdi. Oy oxirida yillik inflatsiya 8,08 foizni taşkil etdi. Mart oyidagi kiçik ösişga qaramay, bu avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada past körsatkiç hisoblanadi. Masalan, 2023 yil aprel oyida u 11 foizni taşkil etgandi.
Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasi 0,4 foizgaça tuşdi, bu ötgan yilining aprel oyiga nisbatan uç baravar past. Yillik asosda oziq-ovqat narxlari 7 foizga oşdi.
Aprel oyida narxlarning ösişi böyiça mevalar (+3 foiz) yetakçi böldi. Oy davomida banan 9,9 foizga, mandarin 7,5 foizga qimmatlaşdi. Şu bilan birga, sut mahsulotlari 2,7 foizga, sabzavotlar 1,2 foizga arzonlaşdi.
Işlab çiqarilgan mahsulotlar narxining ösiş sur’ati oyiga 1 foizga, yillik hisobda esa 7,7 foizga oşdi. Aprel oyida kiyim-keçak va poyabzal narxlari deyarli özgarişsiz qoldi va yil davomida mos ravişda 5,8 va 5,5 foizga ösdi.
Aprel oyida benzin narxi 1,8 foizga pasaydi. Metan 3 foizga (yillik 22,4 foiz) qimmatlaşdi.

















