15:38 / 25.03.2022
7007
Turkiya va Rossiya turizm sohasida hisob-kitobni milliy valutalarda olib borishni muhokama qilmoqda

Qayd etilishicha, Turkiyaga Ukrainadan 2 mln, Rossiyadan 5 mln nafar turist keladi.

Foto: REUTERS/Murad Sezer/File Photo

Turkiya va Rossiya turizm sohasida hisob-kitobni milliy valutalarda olib borishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

Turkiya prezidentining aytishicha, turizm vaziri barcha mamlakatlar bilan ishlamoqda, Rossiya, Ukraina, Polsha bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda.

“Putin va boshqalar turizm sohasiga xalaqit bermasliklarini, uni rag‘batlantirishlari va o‘z fuqarolariga Turkiyaga borishga to‘siq qo‘ymasliklarini aytishdi. Bundan tashqari, hisob-kitoblar rublda, ya’ni o‘z milliy valutalarimizda olib borilishi to‘g‘risida so‘z ochildi. O‘z vaqtida buni, rubl va lirada hisob-kitob qilishni Rossiyaga taklif qilgandik. Hozirda haqligimiz to‘liq isbotlandi", - dedi u.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaga Ukrainadan 2 mln, Rossiyadan 5 mln nafar turist keladi.

Top