10:03 / 28.03.2022
23086
Uill Smit ilk «Oskar»ini qo‘lga kiritdi

Uill Smit va Jyessika Chesteyn eng yaxshi aktyorlar sifatida e’tirof etildi. Penelopa Kruz haykalchasiz qoldi.

Foto: EPA

Uill Smit tennischilar Vinus va Serena Uilyamsning otasi va birinchi murabbiyiga bag‘ishlangan «Qirol Richard» filmidagi ishi uchun «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida «Oskar»ni qo‘lga kiritdi
 
Smitga 2022 yilgi «Oskar»da aktyorlik yo‘nalishidagi g‘alabani bosh kinomukofot uchun hisob bo‘yicha uchinchi nominatsiya olib keldi. Uill Smitning bu yilgi haykalcha uchun raqobatchilariga Xaver Bardem («Rikardo rolida»), Benedikt Kamberbetch («Itning kuchi»), Denzel Vashington («Makbet fojiasi») va Endryu Garfild («Tik-tak… BUM!») aylandi.

Eng yaxshi ayol roli bo‘yicha mukofotni Jyessika Chesteynga ikki karra «Oskar» sohibi, o‘tgan yilgi sovrindor, 84 yoshli Entoni Xopkins topshirdi. «Temmi Feyning ko‘zlari» filmidagi rol Chesteynga prognozlarga zid ravishda g‘oliblikni taqdim etdi. Bundan oldin Penelopa Kruz «Parallel onalar» filmidagi roli uchun g‘olib bo‘lishi taxmin qilingan edi.

«CODA: Kar ota-onalarning farzandi» filmi eng yaxshi film deb topildi. Jyeyn Kempion «Itning kuchi» filmi uchun eng yaxshi rejissyor deb topildi.

Film uchun eng yaxshi qo‘shiqqa Billi Eyilish va uning akasi Finneas O’Konnell tomonidan Jyeyms Bond haqidagi «O‘lish uchun vaqt yo‘q» filmi uchun yozilgan «No Time To Die» qo‘shig‘i aylandi. 

Eng yaxshi xorijiy badiiy film – «Mashinam ruliga o‘tir» (Yaponiya), eng yaxshi animatsion film – «Enkanto». Eng yaxshi liboslar dizayni uchun mukofot «Kruella» filmiga topshirildi.

Ariana DeBos «Vessayd voqeasi» filmidagi ishi uchun ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida «Oskar»ni qo‘lga kiritdi. 31 yoshli aktrisa Anita roli uchun Britaniya akademiyasi mukofoti, Aktyorlar gildiyasi mukofoti va «Oltin globus»ni qo‘lga kiritib bo‘lgan. Jyessi Bakli («Notanish qiz»), Judi Dench («Belfast»), Kirsten Danst («Itning kuchi») va Onjanyu Ellis («Qirol Richard») ham ushbu nominatsiya bo‘yicha mukofotga da’vogarlik qildi. 

«CODA: Kar ota-onaning bolasi» filmida bosh qahramonning otasi rolini o‘ynagan aktyor Troy Katsur eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Katsur o‘zgacha imo-ishora bilan kutib olindi - kar va zaif eshituvchilar uchun qarsaklarni bildiruvchi kaftning aylanishi orqali. Troy Katsura nominatsiyada Kiran Xinds (Belfast), Kodi Smit-Makfi va Jyessi Plemons («Itning kuchi») hamda Jyey Key Simmonsni («Rikardo rolida») ortda qoldirdi. 

Mavzuga oid
Top