Ukrainalik jurnalist Mstislav Chernov tomonidan işlangan «Mariupolda 20 kun» filmi yilning eng yaxşi töliq metrajli hujjatli filmi deb topilib, «Oskar» bilan taqdirlandi.

Mazkur hujjatli film Rossiya va Ukraina uruşi ramzlaridan biriga aylangan Mariupolda bosqinning ilk haftalarida bölib ötgan voqealar haqida hikoya qiladi. Tarkibida rejissyor Mstislav Chernov, fotosuratçi Yevgeniy Maloletka va prodyuser Vasilis Stepanenko ham bölgan Associated Press muxbirlari jamoasi 20 kun davomida Rossiya qöşini qamalidagi şahar hayotini tasvirga olişgan. 

Ular köçalar, şifoxona, bombardimon qilingan tuğuruqxonada öz közlari bilan guvoh bölgan va tasvirga olişga ulgurgan kadrlarini hujjatli filmga aylantirişgan.

Kartina rejissyori Los-Anjyelesdagi tadbirda mukofotni qabul qiliş vaqtida ta’sirli nutq sözladi.

«Bu Ukraina tarixidagi ilk «Oskar». Bu men uçun şaraf. Ammo, katta ehtimol bilan, men bu sahnada turib «Bu film bölmasligini istardim» deb aytayotgan ilk rejissyorman. Men bu mukofotimni Rossiya heç qaçon Ukrainaga hujum qilmasligi, heç qaçon şaharlarimizni egallab olmasligi, ön minglab ukrainlarni öldirmasligi, fuqarolarimiz va öz yerini himoya qilayotgan askarlarimizni asirlikda uşlab turmasligi uçun berib yuborgan bölardim.

Ammo men tarixni, bölib ötgan işlarni özgartira olmayman. Ammo biz barçamiz birgamiz. Siz [tadbirda jam bölgan kinematografistlar] — tarixdagi eng iste’dodli insonlarsiz. Biz tarix töğri yozilişiga işonç hosil qilişimiz kerak. Va haqiqat tantana qiladi. Va Mariupoldagi odamlar hamda öz jonini fido qilganlar heç qaçon unutilmaydi. Filmlar xotiralarni, xotiralar esa tarixni şakllantiradi. Barçaga rahmat, Ukrainaga rahmat. Ukrainaga şon-şaraflar bölsin!»