18:57 / 29.03.2022
11861
Buxoroda ayol homilasini abort qildirish paytida vafot etdi

Bu aynan mazkur tug‘uruqxonada bir oyning ichidagi ikkinchi o‘lim holati bo‘ldi. Holatni prokuratura o‘rganmoqda.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan Buxoroga kelin bo‘lib tushgan 30 yoshli N.R. ikki oylik homilasini oldirish uchun Buxoro shahar tug‘uruqxonasiga murojaat qilgan. Abort jarayonida ayol vafot etgan.

Ma’lumotni Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari Nodir Jo‘rayev ham tasdiqlab, holatni prokuratura o‘rganayotganligini, ushbu voqea sabab tug‘uruqxona bosh shifokori ishdan bo‘shash haqida ariza yozganligini bildirdi. Ammo u ayolning o‘limiga aynan nima sabab bo‘lganligini ochiqlamadi.

 Bu ushbu tug‘uruqxonada onalar o‘limi bo‘yicha kuzatilgan birinchi holat emas. Joriy yilning 9 mart kuni 23 yoshli ayol aynan shu yerda egizak farzandlarni dunyoga keltirgan va ikki kun o‘tib vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top