Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda egizak farzandlarni dunyoga keltirgan ayol tug‘uruqxonada vafot etdi. Prokuratura holatni tekshirmoqda
23 yoshli ayol 9 mart kuni egizak farzandlarni dunyoga keltirgan va ikki kun o‘tib vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi «Mohi Xossa» tug‘uruqxonasida 23 yoshli ayol vafot etgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Buxoro shahrida yashagan, 1999 yilda tug‘ilgan ayol 9 mart kuni tug‘ish uchun kasalxonaga kelib, egizak farzandlarni dunyoga keltirganidan ikki kun o‘tib, vafot etgan. Marhumaning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:02 / 04.06.2026
Tug‘uruqxonadan janozagacha: Ishtixondagi fojiali to‘rt kun
18:46 / 29.09.2025
Samarqandda hamshira tug‘uruqxonadan chaqaloq o‘g‘irlab chiqib sotib yubordi
16:12 / 05.09.2025
Jizzaxdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlardan biri o‘g‘irlab ketildi
10:57 / 23.01.2025