XTV 9- va 11-sinflar uchun imtihon fanlarini tasdiqladi
Xalq ta’limi vazirligi maktablarning 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, vazirlikning 2022 yil 28 fevraldagi 70-sonli buyrug‘iga asosan 2021-2022 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladi.
11-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi belgilandi.
Umumta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, ta’lim markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Bundan avval umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi e’lon qilingandi.
Mavzuga oid

12:20 / 01.07.2025
Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyulda bo‘lib o‘tadi

19:47 / 24.06.2025
Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin

10:25 / 24.06.2025
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir

17:14 / 11.06.2025