Vazirlar Mahkamasining “Umumiy örta ta’lim töğrisidagi elektron şahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Prezidentning “Raqamli Özbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlaş va uni samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq 2022/2023 öquv yilidan boşlab umumiy örta ta’lim töğrisidagi “Elektron şahodatnoma” axborot tizimini joriy etiş belgilangan.

Quyidagilar: 

  • tayanç örta ta’lim töğrisidagi elektron şahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi; 
  • umumiy örta ta’lim töğrisidagi elektron şahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi; 
  • psixik rivojlanişida nuqsoni bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik töğrisidagi elektron sertifikat namunasi va uning tavsifi;
  • umumiy örta ta’lim töğrisida elektron şahodatnomalarni beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda “Elektron şahodatnoma” axborot tizimini işlab çiqadi.

Belgilanişiça, “Elektron şahodatnoma” axborot tizimini yaratiş hamda texnik jihatdan qöllab-quvvatlaş, integratsiya qiliş masalalari bilan boğliq xarajatlar Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.

Tizimida umumiy örta ta’lim taşkilotlari bölgan vazirliklar va idoralar, şuningdek, Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi (nodavlat ta’lim taşkilotlari böyiça) ta’lim taşkilotlarida “Elektron şahodatnoma” axborot tizimiga 2022/2023 öquv yili va keyingi öquv yillari bitiruvçilar haqidagi ma’lumotlarni kiritib borilişini ta’minlaydi.

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Davlat test markazi 2022 yil 10 avgustga qadar “Elektron şahodatnoma” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali  “Abitur” maxsus elektron dasturiga integratsiya qiladi.