22:45 / 01.04.2022
9979
Erdo‘g‘an Putinga Rossiya va Ukraina rahbarlari uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini bildirdi 

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putin o‘zaro telefon orqali muloqotida Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Istanbulda o‘tkazilgan muzokaralari natijalarini muhokama qildi. 

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi “Onado‘lu” agentligi. 

Xabarga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Istanbulda o‘tkazilgan muzokaralari natijalarini muhokama qildi.

Qayd etilishicha, “Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbining e’tiborini Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralari ijobiy ruhda o‘tganiga qaratdi”.

Turkiya yetakchisi tomonlar pozitsiyalarida sog‘lom fikrlashning ahamiyatini va muloqotni davom ettirish kerakligini ta’kidladi. 

Erdo‘g‘an shuningdek, Turkiya Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

“O‘z navbatida, Rossiya yetakchisi prezident Erdo‘g‘anga Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvini tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top