18:00 / 01.04.2022
15836
UZEX birjasi mijozlarining soni deyarli to‘rt karra oshdi

Birja savdolari iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanadi va talabga mos taklif hamda sof raqobatni nazarda tutadi. Savdoning bu ko‘rinishini mamlakat ichki bozori erkinligini aks ettiruvchi mezon, deb atash mumkin. 

Foto: UZEX

So‘nggi yillarda UZEX birjasida sezilarli darajada o‘sish kuzatilmoqda. Prezidentimizning 2021 yil 17 martda qabul qilingan "Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, ochiq birja savdolari orqali sotiladigan tovarlarning ro‘yxati kengaytirildi, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar, jumladan, tadbirkorlarning tovar resurslaridan foydalanish imkoniyati oshdi, sog‘lom raqobat kuchaydi va real bozor sharoitlarini hisobga olgan holda, tovarlarga narx belgilashning zamonaviy mexanizmi joriy etildi. 

Shuningdek, 2022 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning I choragiga nisbatan 50,6%ga va 2019 yilning mos davriga nisbatan esa qariyb uch marotabaga o‘sib, 26,7 trln so‘mni tashkil qildi.

 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birjada ro‘yxatdan o‘tgan yangi mijozlarning soni o‘tgan yilga nisbatan deyarli to‘rt marotabaga o‘sib 33,6 ming savdo ishtirokchisini tashkil qildi. Bu, o‘z navbatida, tadbirkorlarning bozor tamoyillariga asoslangan zamonaviy va shaffof savdo turlariga bo‘lgan qiziqishlari ortganidan dalolat beradi.

2022 yil yanvar-mart oylarida davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdo tizimi xarid.uzex.uz’da tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan uch marotabaga oshib, qariyb 4,2 trln so‘mni tashkil qildi. Bunda budjet va korporativ buyurtmachilari mablag‘larining tejalishi ham uch marotabaga o‘sib, 879,2 mlrd so‘mga teng bo‘ldi.

 

UZEX matbuot xizmati Ⓣ

Top