17:16 / 09.04.2022
10531
Saudiya Arabistoni xorij fuqarolariga haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berdi

Ziyoratchilarning yoshi 65gacha bo‘lishi, Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan koronavirusga qarshi vaksinalar bilan emlangan bo‘lishi lozim.

Foto: Omer Arslan

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi 2022 yilda saudiyalik va xorijlik ziyoratchilarning umumiy sonini 1 million nafargacha yetkazishga qaror qildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ziyoratchilarning yoshi 65gacha bo‘lishi, Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan koronavirusga qarshi vaksinalar bilan emlangan bo‘lishi lozim.

Xorijliklar Saudiya Arabistoni hududiga kirishdan ko‘pi bilan 72 soat oldin koronavirusga manfiy test topshirgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kerak.

Vazirlikning ta’kidlashicha, ziyoratchilar haj amallarini ado etish davomida profilaktika va ehtiyot choralariga rioya qilishlari lozim.

Koronavirus pandemiyasi sababli ikki yildan buyon xorijliklar haj ziyoratiga qo‘yilmayotgan edi.

Top