07:32 / 14.04.2022
18494
Sirdaryoda yetti kilolik chaqaloq tug‘ildi
Foto: Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida yetti kilolik qizaloq tug‘ildi. Bu haqda Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori San’at Qodirovning aytishicha, ona va bolaning sog‘lig‘i yaxshi. Ularga shifokor va hamshiralar belgilangan tartibda yordam ko‘rsatyapti. 

Qayd etilishicha, chaqaloq kesarcha kesish amaliyoti orqali tug‘ilgan. Hozirda ularning salomatligi nazoratda ekani aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday katta vaznli chaqaloq Sirdaryo viloyati tarixida birinchi bor tug‘ilishi. Uni dunyoga keltirgan ona asli Sirdaryo tumanidan bo‘lib, 1998 yilda tug‘ilgan. Qizaloq esa uning birinchi farzandi.

Bundan oldin Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yosh oila 4 nafar egizak farzandli bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top