14:05 / 27.04.2022
26749
Kiyevda snos qilingan «xalqlar do‘stligi», zirhli nimcha taqqan ukrain fermeri. Urush suratlari

Ukrainada urushning 62-kuni o‘tdi. Kiyev oblastida o‘ldirilgan tinch aholi vakillari topilishi davom etmoqda. Chernobil AESdagi avariyaga — 36 yil bo‘ldi, u yerda ishlaganlar xotirasiga gullar keltirildi. Kiyevda Rossiya va Ukraina xalqlari do‘stligi yodgorligi demontaj qilindi. Donbass shimolida — otishmalar va hovlilarda qabrlar.

Ayol erining dafn marosimida qo‘shnisini quchmoqda. Bucha yaqinidagi Ozero qishlog‘ida yashagan Nikolay Moroz 13 mart kuni rossiyaliklar tomonidan asir olingan, uni noma’lum tomonga olib ketishgan. Bir necha hafta o‘tib uning jasadi uyidan 15 kilometr masofadan topildi, uning tanasida o‘qotar quroldan qolgan jarohatlar aniqlangan. Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • Chorshanba kuni Rossiya Polshaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Varshavadagilar Moskvaning gaz uchun faqat rublda to‘lov qilish borasidagi talabi noqonuniy ekani va ular shusiz ham «Gazprom» bilan shartnomani uzaytirish niyatida bo‘lmaganini aytishdi.
  • Rossiyaning Belgorod oblastidagi portlashlar bilan  bir vaqtda Kursk oblasti gubernatori ham havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushganini xabar qilgan. Voronej oblasti rasmiylari esa Voronej shahri yaqinida razvedkachi dron urib tushirilganini ma’lum qildi.
  • Germaniyadagi Ramshtayn harbiy bazasida 40 mamlakat mudofaa vazirlari Ukrainaga harbiy yordam masalasini muhokama qilishdi. Ramshtayndagi qurultoy nafaqat yangi strategiyani ishlab chiqishga, balki birdamlikni namoyish etishga qaratilgan. Uchrashuvdagi asosiy yangiliklardan biri Germaniya Kiyevga «Gepard» rusumli zenit qurilmalarini yuborishi bo‘ldi.
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Ukrainaga yordamni ikki barobar ko‘paytirish va bu tajovuzni to‘xtatish uchun og‘ir qurollar, jumladan tank va samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha berilgan va’dalarni bajarishga chaqirdi.
  • Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday Rossiya Rubejnoyeni egallagani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Urush boshlanganidan buyon uchinchi marta: RF mudofaa vazirligi yana Rubejnoye «ozod etilgani» haqida aytmoqda. Yana soxta bayonot», degan u.
  • Rossiya armiyasi Dnestrbo‘yidan hujum qilishi mumkinligi borasida gapirgan prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina bunga tayyorligini aytdi. U Dnestrbo‘yidagi portlashlar va otishmalar –  Rossiya tomonining mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan provokatsiyasi ekanini ta’kidladi.
Nikolay Morozning qarindoshlari u bilan vidolashmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Noviy Bikov qishlog‘idagi madaniyat markazi binosi devorida «Rossiyaga sharaflar» yozuvi. Uning ostida — neonatsistlarga xos ramz bo‘lgan keltcha krest
Alexey Furman / Getty Images
Kiyevda Rossiya va Ukraina xalqlari do‘stligi arkasidagi yodgorlik demontaj qilindi. Snos vaqtida dastlab rus ishchisi haykalining boshi uchib tushgan. Shahar meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, arkaning yangi nomi Ukraina xalqi ozodligi arkasi bo‘ladi.
AP Photo/Efrem Lukatsky
Kiyevda Chernobil qahramonlari monumentiga gul qo‘yayotgan ayol. Bu monument ehtimoliy zarbalardan himoyalash maqsadida qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘rab qo‘yilgan. Yigirma oltinchi aprel kuni — Chernobil AES avariyasiga 36 yil to‘ldi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Chernobildagi halokat vaqti qurbon bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilar monumenti oldida turgan ukrain askari
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Chernobildagi daraxt ostida turgan avtomobil
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Ujgorod 

Ayol turmush o‘rtog‘ini frontga kuzatmoqda
Serhii Hudak / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkov

 

Metroga kirish qismida turgan ayol. Xarkovliklar rossiyaliklarning zarbalaridan jon saqlash uchun hamon metroda qolishga majbur bo‘lmoqda
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA

 

Metroda shashka o‘ynayotgan erkaklar
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Uch nafar ukrainalik shahar aholisiga gumanitar yordam tarqatmoqda (ulardan biri bolani o‘ynatmoqda). Ular bu ishni har kuni qilishadi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Gumanitar yordam uchun navbatda turgan odamlar
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Zaporojye oblasti 

Dalada bronjilet va kaskada ishlayotgan ukrain fermeri
Ueslei Marcelino / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

 

Rossiyaliklarning navbatdagi zarbasidan keyin ufqda hosil bo‘lgan tutun
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

 

Rubejnoye shahridagi bolalar maydonchasida paydo bo‘lgan qabr. 25 aprel kuni Ramzan Qodirovning maslahatchisi shahar to‘liq nazorat ostiga o‘tganini ma’lum qildi
Aleksandr Reka / TASS
Slavyansk yaqinida BTRda ketayotgan ukrain askari. Shahar Ukraina nazoratida qolmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorskedagi shifoxonada derazalar ortiga qo‘yilgan qoplarga ilingan o‘pka rentgeni tasviri. Shahar Ukraina nazoratida qolmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top