14:53 / 27.04.2022
4935
Twitter bilan kelishuvdan so‘ng Maskning boyligi 29 mlrd dollarga kamaydi

Maskning boyligi Tesla aksiyalari narxi tushib ketishi oqibatida kamaydi. 27 aprel holatiga milliarderning boyligi 239,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda. 

Foto: Hannibal Hanschke / Reuters

Twitter kompaniyasini sotib olish fonida Tesla asoschisi Ilon Maskning boyligi bir kun ichida 29 mlrd dollarga kamaydi, deb xabar berdi Forbes.

Nashrning yozishicha, 27 aprel holatiga milliarderning boyligi 239,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Maskning boyligi Tesla aksiyalari narxi tushib ketishi oqibatida kamaydi. Twitter direktorlar kengashi kompaniya milliarderga 44 mlrd dollarga sotilishini ma’qullagani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Tesla aksiyalari narxi 12 foizga arzonlashdi.

Aprel oyida Mask 2,89 mlrd dollar evaziga Twitter aksiyalarining 9,2 foizini sotib olib, kompaniyaning eng yirik aksioneriga aylangandi.

Keyinchalik Twitter Maskka kompaniya boshqaruvida qatnashishni taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgandi.

Mavzuga oid
Top