20:57 / 28.04.2022
25449
O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilmaydigan bo‘ldi

So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini olib borishga ruxsat beruvchi loyiha ishlab chiqilishi belgilangandi. Muhokamalardan keyin bu g‘oya bekor qilindi.

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilindi. Bu prezidentning 2022 yil 6 apreldagi farmonida ko‘zda tutilgan.

2019 yil 4 dekabrda imzolangan prezident farmonida 2021 yil 1 yanvardan boshlab xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgandi.

6 aprel kuni imzolangan prezident farmoni bilan ushbu band bekor qilindi.

 

Top