17:49 / 28.04.2022
494
Sirdaryoda 17 yoshli o‘spirin kanalga cho‘kib ketdi

O‘spirin Janubiy Mirzacho‘l kanalining Yangiyer shahri hududidan oqib o‘tuvchi qismida belgilanmagan joyda cho‘milayotib, cho‘kib ketgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyer shahar hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalida 17 yoshli o‘spirin yigit cho‘kib ketgani va uni FVB xodimlari qidirayotgani aytilgan xabarlar tarqalgan. Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda ma’lum qilinishicha, 2022 yil yil 26 aprel kuni Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yangiyer shahar «Fazilat» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalida 17 yoshli fuqaro O‘.S.ning belgilanmagan joyida cho‘milayotgan vaqtida cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga darhol viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi g‘avvos-qutqaruvchilari yetib borgan. Hozirda viloyat FVB va IIB tomonidan o‘spirinni qidirish va holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Shu o‘rinda fuqarolardan belgilanmagan joylarda cho‘milmasliklarini va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi viloyat FVB ma’lumotida.

Top