15:27 / 29.04.2022
10257
Polsha Ukrainaga 200dan ortiq tank yetkazib berdi

Varshava Kiyevga 1,59 mlrd dollarlik harbiy yordam bergan.

Foto: Piotr Matusewicz / East News

Polsha Ukrainaga 200dan ortiq T-72 tanklari va bir necha o‘nlab zirhlangan mashinalar yetkazib berdi. Bu haqda Polsha radiosi xabar berdi

Xabarda aytilishicha, T-72 tanklari Ukrainaga Chexiya orqali yetkazib berilgan. 

Radiostansiyaning ma’lumot berishicha, Varshava Kiyevga 7 mlrd zlotiylik (1,59 mlrd dollar) harbiy yordam bergan.

Harbiy yordamdan 2S1 «Gvozdika» gaubitsalari va «Grad» reaktiv qurilmalari, Mig-29 va Su-27 samolyotlari uchun «havo-havo» sinfidagi raketalar o‘rin olgan.

Top