10:28 / 30.04.2022
14531
Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi 

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, Sanjar Mavlonov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ish boshladi. 

U bunga qadar Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.

Sanjar Mavlonov 2020 yilning avgust oyida O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan.

Bundan oldin Sirdaryo viloyati prokurori Shohrux Aminov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

1981 yilda tug‘ilgan Shohrux Aminov 2020 yil noyabrida Sirdaryo viloyati prokurori sifatida ish boshlagandi.

Mavzuga oid
Top