15:30 / 02.05.2022
6041
Asialuxe Travel milliy turoperatori yoz fasli uchun top-yo‘nalishlarni taqdim etdi
Foto: Asialuxe Travel

Yozgi mavsumda Asialuxe Travel Chexiya, Turkiya, BAA, Gruziya va Misrga sayohat qilishni taklif qilmoqda.

Asialuxe Travel O‘zbekiston ahlini Ramazon hayiti bilan tabriklaydi va uyingizda doimo iliqlik, baxt, muhabbat va farovonlik bo‘lishini tilaydi.

Milliy turoperator yaqin orada va yozgi mavsumda dam olish uchun eksklyuziv yo‘nalishlarni taqdim etdi.

Chexiya: Praga, Karlov Var

 

Endi viza ko‘magi, kompleks turistik to‘plamlar va to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar sharofati bilan, Praga va Yevropaning boshqa shaharlariga sayohat qilish, shuningdek, ota-onangizga Karlov Varda dam olish sovg‘a qilish yanada osonlashdi.

Pragaga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar 15 maydan har hafta yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Turkiya: Antaliya, Bodrum, Alaniya, Dalaman va Istanbul

 

Turkiya — bu doimo ajoyib tanlov. Antaliyani istalgan budjetga mos mehmonxonalar tanlovi, «barchasi kiritilgan» konsepsiya hamda bolalar va kattalar uchun bo‘lgan o‘yin-kulgi uchun yaxshi ko‘rishadi.

Bodrum odatiy turkcha shaharlarga umuman o‘xshamaydi. Ba’zan bu Bodrum emas, balki oppoq uylar, tor ko‘chalar va yorqin ranglarga ega Gretsiya deb o‘ylab qolasiz.

Dalaman yumshoq iqlimi, faol ko‘ngilochar mashg‘ulotlar va dayving uchun rang-barang suvosti dunyosi bilan mashhur.

Alaniya esa oilaviy shahar bo‘lib, sayyohlarni mehmonxonalarda yashash uchun hamyonbop narxlar, iliq dengiz va qumli plyajlari bilan o‘ziga jalb qiladi.

Istanbul — bu Bosfor bo‘ylab sayr qilish, mazali paxlava, xushbo‘y qahva va Usmoniylar imperiyasining qadimiy diqqatga sazovor joylaridir.

Antaliyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar har hafta, yozda esa deyarli har kuni amalga oshiriladi. Alaniyaga 25 maydan — haftada bir marta, Bodrumga 1 iyuldan va Dalamanga 1 avgustdan — har 10 kunda reyslar amalga oshiriladi.

Istanbulga muntazam reyslar seshanbadan tashqari har kuni amalga oshiriladi.

BAA: Dubay

 

Dubay — bu deyarli barcha binolar, attraksionlar, bog‘lar, akvariumlar, savdo markazlari va boshqa ko‘plab imoratlar «dunyodagi eng baland/eng katta» nomiga ega bo‘lgan futuristik shahar. Bularning barchasini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rishingiz mumkin.

Dubayga reyslar seshanbadan tashqari har kuni amalga oshiriladi.

Gruziya: Tbilisi, Batumi

 

Mazali xinkali va xachapurilar, hayratda qoldiradigan manzaralar, qiziqarli ekskursiyalar va Batumidagi Qora dengiz — faol dam olishni yaxshi ko‘radiganlarga Gruziya albatta yoqadi.

Tbilisiga reyslar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Misr: Sharm-el-Sheyx

 

Sayyohlar bu yerga toza plyajlar, Qizil dengiz, dayving va «barchasi kiritilgan» konsepsiya uchun kelishadi. Bu yerdagi mehmonxonalarda oilaviy dam olish uchun barcha qulayliklar bor: bolalar maydonchalari, enagalar, animatorlar va boshqa ko‘plab narsalar.

Sharm-el-Sheyxga reyslar 21 maydan haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

Yozgi mavsum yorqin va unumli bo‘lishi kutilmoqda: karantin choralari bekor qilinyapti, emlanganlik haqida sertifikatingiz bor bo‘lsa, PsR-test kerak emas, ko‘plab davlatlar o‘z chegaralarini ochgan va sayyohlarni qabul qilishga tayyor.

Kompaniya telefon raqami va sayti orqali turistik to‘plamlar narxlari, aviachiptalar va barcha yo‘nalishlar bilan tanishish hamda ularni mustaqil ravishda band qilish mumkin: www.asialuxe.uz, 712017777.

Shuningdek, Asialuxe Travel mahsulotlarini O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida topish mumkin.

Telefon: (+998) 71−201−7777

Manzil: Saida Baraka ko‘chasi, 24.

Sayt: asialuxe.uz

Telegram: @asialuxe

Telegram guruh: my_asialuxe

Telegram'dagi qaynoq turlar: asialuxehottours

Telegram'dagi qaynoq turlar o‘zbek tilida: asialuxe_qaynoqtur

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida

Top