Milliy turoperator Asialuxe Travel Karlovi Vari va Marianske Lazne solomlaştiriş va davolaş kurortlariga viza kumagi bilan turpaketlarni taklif etadi.
Çexiya nafaqat uluğvor me’morçilik va boy tarixning timsolidir, balki tana va ruhan tiklaniş uçun munosib joy ham. Maşhur Karlovi Vari va Marianske Lazne kurort şaharlari salomatlik va farovonlikni tiklaşga intilayotganlar uçun haqiqiy voha hisoblanadi. Milliy turoperator Asialuxe Travel kurortlarga keng qamrovli turpaketlar tayyorladi.
Karlovi Vari uzoq vaqtdan beri salomatlikni tiklaş va turli kasalliklarni davolaş uçun eng maşhur joy unvonini saqlab kelmoqda. Marianske Lazne esa Çexiyadagi ikkinçi maşhur kurort bölib, u 16 buloqdan çiqadigan sovuq kislotali mineral suvlar bilan davolaşi tufayli maşhur. Ikkala dam oliş maskanida keng kölamli dasturlar, şuningdek, zamonaviy kurort muolajalari va dam oliş usullari mavjud.

Dam oliş maskanlarida qanday kasalliklar davolanadi? Asosiy usullardan biri - ovqat hazm qiliş tizimi, tayanç-harakat tizimi, stress, depressiya, diabet, bronxit va astma kasalliklarini davolaşda yordam beradigan termal mineral suvlar.
Şuningdek, bunday suvni içiş umumiy xolesterin, qondagi siydik kislotasi, vazn, oşqozon osti bezida insulin, glikogen miqdorining pasayişini ta’minlaydi va umuman organizmga ijobiy ta’sir körsatadi.
Termal suvlar taşqi foydalaniş uçun ham qöllaniladi: mineral vannalar böğimlarning qattiqligini, muşaklarning spazmlarini bartaraf etişga, asab tizimini tinçlantirişga va miya, yurak va boşqa organlarda qon aylanişini yaxşilaşga yordam beradi, ingalyatsiyalar esa periodontal kasalliklarni davolaş uçun işlatiladi.
Torf loyiga va karbonat angidridga asoslangan murakkab protseduralarni ötkaziş yalliğlanişga qarşi ta’sirga ega, immunitet tizimini mustahkamlaydi, hujayralarni kislorod bilan töyintiradi va qariş jarayonini sekinlaştiradi.

Marianske Lazneda remissiya mobaynida saraton kasalligidan keyin reabilitatsiyadan ötiş mumkin.
Ikkala dam oliş maskanida töğridan-töğri davolanişdan oldin siz kerakli analizlarni topşirişingiz, tekşiruvdan ötişingiz va maslahat olişingiz mumkin. Har bir taşrifçi individual yondaşuvni oladi va protseduralar töplami işlab çiqiladi.








