17:10 / 05.05.2022
25373
Lukashenko Rossiyaning “maxsus operatsiyasi” cho‘zilib ketganini aytdi

Belarus prezidenti yadro qurolidan aslo foydalanib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Foto: AP

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Associated Press muxbiri bilan suhbatda Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi”ni cho‘zilib ketgan deb hisoblashini aytdi

«Bu ruslar aytganidek reja bo‘yicha ketayotgani haqida gapiradigan darajada ma’lumotga ega emasman. Yana bir bor ta’kidlayman, operatsiya cho‘zilib ketdi degan fikrdaman», — dedi u.

Lukashenko shuningdek, yadro qurolini aslo qo‘llab bo‘lmasligini aytdi. 

«Yadro qurolidan foydalanish mutlaqo mumkin emas deb hisoblayman. Chunki u bizning yonimizda. Biz Qo‘shma Shtatlar singari okean ortida emasmiz. Undan foydalanib bo‘lmaydi, chunki Yer shari orbitasidan chiqib ketishi va biz noma’lum tomonga uchib ketishimiz mumkin», — dedi Belarus prezidenti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevralda Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganini e’lon qilgandi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top