07:45 / 06.05.2022
4202
O‘zbekistonda uch oyda 12 mingdan ortiq nikohdan ajrashish holati qayd etildi

3 oyda 12 164 ta ajrashish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 12 164 ta ajrashish holatlari qayd etilgan.

2022 yilning dastlabki 3 oyida hududlar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatilgan – 1484 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Samarqand viloyati – 1269 ta;
  • Toshkent viloyati – 1265 ta;
  • Andijon viloyati – 1240 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 1171 ta;
  • Namangan viloyati – 1078 ta; 
  • Qashqadaryo viloyati – 1073 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 679 ta;
  • Buxoro viloyati – 666 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 554 ta; 
  • Xorazm viloyati – 494 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 431 ta;
  • Jizzax viloyati – 416 ta;
  • Navoiy viloyati – 347 ta.

Bundan oldin fevral oyida qaysi hududlarda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top