07:33 / 07.05.2022
2489
Uzbekistan Airways Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi

Uzbekistan Airways AJ 2022 yil 4 maydan Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi. 

Foto: Kun.uz

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlar va mahalliy aholi uchun qulaylik yaratish, shuningdek, mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish maqsad qilingan.

Parvozlar haftada bir marta – chorshanba kunlari quyidagi keltirilgan jadval (mahalliy vaqt) asosida amalga oshiriladi:

  • Urganchdan jo‘nab ketish: 09:20;
  • Farg‘onaga yetib borish: 11:00;
  • Farg‘onadan jo‘nab ketish: 11:50;
  • Urganchga yetib borish: 13:30.

Urganch – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 342 406 so‘mdan (bagajsiz) va 413 249 so‘mdan (bagaj bilan), Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha esa 649 391 so‘mdan (bagajsiz) va 791 077 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Bundan oldin Toshkentdan Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha parvozlar yo‘lga qo‘yilgandi

Top