19:13 / 09.05.2022
9192
«Boysun bahori» folklor festivalining yorqin lahzalari - fotogalereya

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Padang qishlog‘ida 7-8 may kunlari «Boysun bahori–2022» xalqaro folklor festivali o‘tkazildi.

Qayd etib o‘tish kerak, 2002 yilda asos solingan «Boysun bahori» festivali bir yildan so‘ng yana bir marta o‘tkazilib, so‘ngra 2004–2016 yillar oralig‘ida — 13 davomida noma’lum sabablarga ko‘ra o‘tkazilmay qolgan edi.

2017 yilda qayta taklangan va uch marotaba o‘tkazilgan festival koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-2021 yillarda yana o‘tkazilmadi. Nihoyat, 2022 yilning 7–8 may kunlari festival oltinchi marta tashkil etildi.

Xalqaro festival bundan buyon UNESCO shafeligi ostida har 2 yilda bir marta o‘tkazilishi belgilandi.

Kun.uz muxbirlari yorqin «Boysun bahori» festivalidan fotogalereya taqdim etishadi.

Fotolar muallifi: Jahongir Aliboyev

Top