Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida içimlik suvi va oqova xizmatlar böyiça 2024 yil 1 aprelidan amalda qöllanadigan yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda «Özsuvta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.

Navoiy viloyatida

1 metr kub içimlik suvi:

  • aholi uçun – 2 700 söm;
  • budjet taşkilotlari uçun – 6 500 söm;
  • ulgurji iste’molçilar uçun – 8 000 söm;

1 metr kub oqova suv xizmati:

  • aholi uçun – 1 600 söm;
  • budjet taşkilotlari uçun – 4 600 söm;
  • ulgurji iste’molçilar uçun – 6000 söm.

2030 yilga qadar viloyatda markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlaniş darajasi 84,7 foizdan 87 foizga, kanalizatsiya qamrovi 23.8 foizdan 40 foizga yetkazilişi rejalaştirilgan. Buning uçun qariyb 1 trillion söm evaziga, 871,7 ming kilometr içimlik suvi va 180 kilometr kanalizatsiya tarmoği, şuningdek, 31 ta suv va 3 ta kanalizatsiya inşootlari barpo etilişi belgilangan.

Surxondaryo viloyatida

1 metr kub içimlik suvi:

  • aholi uçun – 3 100 söm;
  • budjet taşkilotlari uçun – 7 000 söm;
  • ulgurji iste’molçilar uçun – 7 000 söm;

1 metr kub oqova suv xizmati:

  • aholi uçun – 1 750 söm;
  • budjet taşkilotlari uçun – 3 250 söm;
  • ulgurji iste’molçilar uçun – 3 250 söm.

Kelgusi beş yilda Surxondaryo viloyatida markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlaniş darajasi 62,9 foizdan 94,1 foizga, kanalizatsiya qamrovi 6,7 foizdan 26,9 foizga yetkazilişi rejalaştirilgan. Buning uçun 4,229 trillion söm evaziga 16, 273 ming kilometr içimlik suvi va 572,9 kilometr kanalizatsiya tarmoği, şuningdek, 186 ta suv va 36 ta kanalizatsiya inşootlari barpo etilişi belgilangan.