18:22 / 26.05.2022
17521

Toshkentda 1 gektar yerni 1 mln dollarga olib berishni va’da qilganlar ushlandi

Tezkor tadbirda ikki fuqaro 200 ming dollar olgan vaqtda ushlangan. Ularga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

7 may kuni 40 yoshli Shuhrat ismli fuqaro Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Yangihayot tumanida 1 gektar yerni sotishga va’da bergan 2 nafar shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

IIBB xabariga ko‘ra, mazkur 2 nafar shaxs 200 ming dollar olayotgan vaqtda korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo‘limi JKning 168-moddasi 4-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Top