07:49 / 27.05.2022
11147

Toshkentda KIA haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi

2022 yil 24 may kuni taxminan soat 21:10 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi 1-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Foto: YHXB

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi M.N. KIA transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaro, 1996 yilda tug‘ilgan I.A.ni urib yuborgan. 

Natijada, piyoda A.I. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. YTH sabablari o‘rganilmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top