15:39 / 27.05.2022
7505

Urganch xalqaro aeroporti direktori bir yilga qolmay ishdan ketdi

Urganch xalqaro aeroporti direktori Ruslan Og‘abullayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimda bir yildan kamroq vaqt ishladi.

Foto: Kun.uz

Uzbekistan Airports AJ rahbariyatining qarori bilan Urganch xalqaro aeroporti direktori Ruslan Og‘abullayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda Uzbekistan Airports boshqaruv raisining ekspluatatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Javlonbek Umarxo‘jayev Urganch aeroporti direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Ruslan Og‘abullayev 2021 yilning iyun oyi oxirida Xudoybergan Kuryazov o‘rniga Urganch xalqaro aeroportiga yangi direktor etib tayinlangandi. Tayinlovga qadar u direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Uni direktor lavozimiga tayinlash chog‘ida Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva yosh kadrlarni rag‘batlantirish muhimligini ta’kidlagandi.

 

Mavzuga oid
Top