Transport vazirligi «Uzbekistan Airports» AJ raisi Ra’no Jörayeva bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingani haqida xabar berdi.

«Kompaniya aksiyadorlari umumiy yiğilişining tegişli qaroriga köra «Uzbekistan Airports» AJ boşqaruv raisi Ra’no Jörayeva bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi. Ikki yarim yillik rahbarlik faoliyati davomida Ra’no Jörayeva kompaniyada katta özgarişlarni amalga oşirişga erişdi. 

Xususan, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantiriş, kompaniya boşqaruv tizimini takomillaştiriş hamda moliyaviy–iqtisodiy körsatkiçlarini yaxşilaş borasidagi sa’y-harakatlari özining ijobiy natijasini berdi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.  

Javlonbek Oybekoviç Umarxöjayev «Uzbekistan Airports» AJning boşqaruv raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.

Ra’no Jörayeva kompaniyaga 2021 yil fevralida rahbar etib tayinlangandi. Undan oldin uzoq yillar Rossiyada aviatsiya sohasida rahbarlik lavozimlarida işlagan. 2022 yil sentabrida u bilan kelişuv uç yilga uzaytirilgandi.