12:51 / 29.06.2022
5685
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temiryo‘lining boshlang‘ich yo‘nalishi ma’lum bo‘ldi

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi Torugart – Makmal – Jalolobod yo‘nalishi bo‘ylab o‘tishi mumkin.

Foto: gov.kg

Bunday dastlabki yo‘nalishni 28 iyun kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev taqdim etdi.

Loyihaning tegishli texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish joriy yilning dekabr oyida yakunlanadi. 

«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasi noyob loyiha bo‘lib, biz uni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratamiz. Tegishli davlat organlari o‘z vaqtida zarur tayyorgarlik ishlarini olib borishi zarur», — dedi bosh vazir Oqilbek Japarov. 

Uchrashuvda boshqa infratuzilma loyihalarini qurish masalalari ham muhokama qilindi. 

Xitoy – Qirg‘iziston O‘zbekiston temiryo‘l liniyasi uch mamlakat temiryo‘llarini va undan keyin Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Turkiya Respublikasini Yevropa temiryo‘l tarmog‘i bilan bog‘lash uchun mo‘ljallangan loyihadir. 

Top