07:48 / 12.07.2022
66894
O‘zbekistonda keyingi uzoq dam olish kunlari qachon kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar to‘rt kun ketma-ket dam oldi.

Prezident 2021 yil dekabr oyida «Rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2022 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.

Bundan tashqari, davlat rahbari 30 aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi «Rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini 2022 yilga ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, joriy yilda juma (2 sentabr) barcha xodimlar uchun (ish haftasi turlaridan qat’i nazar) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilandi.

Olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun shanba (3 sentabr) ham qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilanadi.

Shu tariqa o‘zbekistonliklar quyidagi kunlarda dam olishadi:

  • 2022 yil 1 sentabr - payshanba (bayram kuni, ishlanmaydigan kun);
  • 2022 yil 2 sentabr - juma (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - ish haftasi turidan qat’i nazar);
  • 2022 yil 3 sentabr - shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun);
  • 2022 yil 4 sentabr - yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni).
Mavzuga oid
Top