Vazirlar Mahkamasining “Özbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuçaytiriş va ommalaştiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qöyildi. 

Qaror bilan Özbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuçaytiriş va ommalaştiriş konsepsiyasini, Umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boşqa tantanali marosimlarda “Yangi Özbekiston boği”dagi Mustaqillik monumenti poyiga gulçambar qöyiş rasmiy marosimini taşkil etiş töğrisidagi nizomni,  umumxalq va kasb bayramlari, şuningdek, muhim sanalarni, xalqaro kunlarni nişonlaşning namunaviy reglamentlarini tasdiqlaş közda tutilmoqda.  

Konsepsiyada qayd etilişiça, barça darajadagi ta’lim muassasalarining öquv dasturlariga milliy tarix va qadriyatlarni anglaş, vatanga daxldorlik hissini kuçaytiriş maqsadida umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarga oid mafkuraviy mavzular kiritiladi. Ta’lim oluvçilar va boşqa aholi qatlami uçun bayramlar haqida turli qiziqarli ma’lumot beruvçi interfaol öquv resurslari, jumladan, multimedia taqdimotlari, hujjatli filmlar va mafkuraviy mavzular bilan boğliq virtual körgazmalarni öz içiga olgan raqamli platforma işlab çiqiladi.

Bundan taşqari, aholining turli qatlamlari örtasida bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuçaytiriş maqsadida madaniy va milliy an’analarni ifodalaş, bayramona va quvnoq muhit yaratiş, şu bilan birga hududlarga taşrif buyuruvçilarni jalb qiliş orqali mahalliy turizmga hissa qöşişni nazarda tutuvçi bayramlar uçun ramziy köçalar taşkil qilinadi.

Konsepsiyada bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuçaytiriş maqsadida yoşlar va aholi örtasida turli tadbir va tanlovlar, sport musobaqalari, ijodiy bellaşuvlar, olimpiadalar ötkaziş, aholiga xizmat körsatuvçi davlat organlarida bayram burçaklari taşkil, respublika hududida foydalaniladigan mobil telefonlar, planşet va boşqa aloqa qurilmalaridagi kalendarlarda bayram sanalariga oid ma’lumot avtomatik örnatilişi imkoniyatini yaratiş ham nazarda tutilmoqda.

Qaror muhokamasi 16 fevralga qadar davom etadi.