09:08 / 20.07.2022
7774

6 oyda eng ko‘p nikoh holatlari qayd etilgan hudud ma’lum qilindi

Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 108 934 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 062 taga kam.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 11 513 ta holat. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 10 798 ta va 10 792 ta nikoh kuzatilgan Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi: 

  • Surxondaryo viloyati – 9 573 ta; 
  • Toshkent shahri – 9 315 ta;
  • Toshkent viloyati – 9 040 ta; 
  • Andijon viloyati – 8 999 ta; 
  • Xorazm viloyati – 8 074 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 7 314 ta;  
  • Namangan viloyati – 7 054 ta;  
  • Buxoro viloyati – 6 531 ta; 
  • Jizzax viloyati – 4 148 ta;  
  • Navoiy viloyati – 3 039 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 2 744 ta.
Mavzuga oid
Top