07:15 / 06.08.2022
2546
Farg‘ona vodiysi tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 6-8 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra:

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Mavzuga oid
Top