15:17 / 06.08.2022
7398
Islom birdamligi o‘yinlari. Sofiya Karimova O‘zbekiston hisobiga ilk medalni taqdim etdi

5 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari boshlandi.

Foto: Milliy Olimpiya Qo‘mitasi

Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekistonlik velosportchilar bahslarga kirishdi va dastlabki medal qo‘lga kiritildi.

Trek dasturida skretch bo‘yicha guruh poygasida bahs olib borgan velosportchi Sofiya Karimova bronza medalga sazovor bo‘ldi. 

«Oltin medal xohlagandim, ammo poygada biroz xato qildim. O‘zbekiston hisobiga ilk medalni keltirganimdan xursandman. Qolgan hamyurtlarimga omad tilayman», — deydi Karimova taqdirlash marosimidan so‘ng.

Shu dasturda ishtirok etgan o‘zbekistonlik yana bir velosportchi Nafosat Qo‘ziyeva marraga 10-bo‘lib yetib keldi. Erkaklar o‘rtasida esa Botir Ismatovga biroz omad yetishmadi va u 4-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, Islom birdamligi o‘yinlari 18 avgustgacha davom etadi.

Top