Avval xabar berganimizdek, 12 may kuni Ozarbayjon poytaxtidagi Olimpiya stadionida IV “Islom birdamlik öyinlari”ning tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Marosimda an'anaga köra, musobaqada iştirok etayotgan barça mamlakatlar delegatsiyasi iştirok etdi. “Islom birdamlik öyinlari”da 103 nafar hamyurtlarimiz sportning 15 ta turida Özbekiston şarafini himoya qilişadi. Keçagi tantanali marosimda ularning aksariyati Olimpiya stadioni böylab mamlakat bayroğini baland kötargan holda yurib ötişdi. Bayroqdor vazifasini esa boks böyiça xalqaro toifadagi sport ustasi, Singapurda bölib ötgan ösmirlar olimpiadasi sovrindori Sardor Begaliyev bajardi. 

Foto: Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi
Foto: Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi

Milliy Olimpiya qömitasi matbuot xizmatining xabar qilişiça, keça tennis böyiça qizlar terma jamoamiz dastlabki uçraşuvni musobaqa mezbonlari – ozarbayjonlik raqiblariga qarşi ötkazişdi. Özbekistonning birinçi raketkasi Sabina Şaripova Umayra Hoşimovani ikkala setda bir hil 6:1, 6:1 natijasi bilan taslim qilgan bölsa, Kamola Umarova Alina Gavriş ustidan 6:2, 6:0 hisoblarida zafar quçdi. Juftlik bahslarida esa Kamola Umarova/Polina Merenkova juftligi Hoşimova/Safarova juftligini ikkala setda 6:2 va 6:0 hisoblarida mağlub etişdi. Natijada uççala bahs yakuniga köra mezbonlar ustidan 3:0 hisobida ğalaba qozongan tennisçi qizlarimiz keyingi bosqiçga yöllanma olişdi. 

Foto: Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi

Erkaklar terma jamoasi esa ilk bahsda Turkmaniston terma jamoasi bilan kuç sinaşdi. Saida'lo Saidkarimov raqibi Georgiy Poçayga dastlabki setni 3:6 hisobida boy bergan bölsa, keyingi ikki setda 6:4, 7:5 hisoblarida ğalaba qozondi va uçraşuvni öz foydasiga hal qildi. Yana bir tennisçimiz Sergey Fomin esa afsuski Yuriy Rogusskiyga yutkazib qöydi. Setlar böyiça hisob 2:6, 6:4, 4:6. Natijada turkmanistonlik tennisçilar hisobni tenglaştirib olişdi. Özbekiston va Turkmaniston terma jamoalari örtasidagi bahs taqdirini hal qiladigan juftliklar örtasidagi baxs Bokudagi noqulay ob-havo şaroiti tufayli ötkazilmay qoldi. Uşbu uçraşuv bugun bölib ötadi. Unda Saidkarimov/Sultanbekov juftligi Rogusskiy/Gurbanov juftliga qarşi kuraş olib boradi.