07:13 / 08.08.2022
2824
Xitoy O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilindi 

XXR tashqi ishlar vaziri Xitoy O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Foto: Dunyo

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga amalga oshirgan tashriflari yakuni bo‘yicha jurnalistlarga intervyu berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Xitoyning “Sinxua” agentligi Van Ining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tomonlar ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi mavjud konsensusdan o‘zaro siyosiy ishonchni chuqurlashtirish va taraqqiyot strategiyalari bog‘liqligini mustahkamlash uchun ustuvor yo‘nalish sifatida foydalanishga, ikki tomonlama munosabatlar erishilgan yutuqlarga tayanishi va yangi taraqqiyot sari intilishi uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olgani ma’lum qilingan.

Tomonlar “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida hamkorlikni sifat jihatdan yuksaltirish, yillik savdo aylanmasini 10 mlrd dollarga yetkazish va yangi maqsadlarni belgilashga kelishib oldi, deb yozgan agentlik.

Van I Xitoy O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi, deyiladi “Sinxua” xabarida.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazdi, ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Top