08:01 / 23.08.2022
2046
«Oqila ayollar» harakatining asosiy vazifalari aytildi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva “Oqila ayollar” jamoatchilik tuzilmasi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Nilufar Jumayeva

"Oqila ayollar" harakati qoida tariqasida, qo‘mitada –50 nafar, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarida – 35-40 nafardan, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarida – 30 nafardan, mahallada – 15 nafardan faol va tashabbuskor ayollardan iborat tarkibda shakllantirilmoqda

Bugungi kunda harakatning 75 mingdan ziyod a’zosi shakllantirilib, umumiy hisobda respublika bo‘yicha 147 085 nafar a’zosi ro‘yxati tayyorlanmoqda.

"Oqila ayollar" harakatining faol va tashabbuskor ayollari jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan rag‘batlantirib boriladi.

Bundan tashqari, tegishli tavsiyalarga asosan davlat mukofotlari, “Mo‘tabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va boshqa esdalik, ko‘krak nishonlari, idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Top