Özbekistonda ayollar köproq qaysi sohada işga taklif qilinişi aniqlandi. 

Spot xabariga köra, Özbekistondagi mehnat bozoridagi ayollar ahvoli HeadHunter tomonidan tahlil qilindi. Unga köra, 2023 yilda quyidagi 5 ta soha ayollarni işga taklif qilişda eng katta uluşga ega bölgan:

  • tibbiyot, farmatsevtika, dorixonalar (76 foiz);
  • ta’lim muassasalari (69 foiz);
  • buxgalteriya hisobi (har biri 65 foiz);
  • xodimlarni boşqariş (62 foiz);
  • san’at, madaniyat (58 foiz).

Eng kam taklif toğ-kon sanoati, oğir maşinasozlik va avtomobilsozlik sohasida qayd etilgan — mos ravişda 21 foiz, 19 foiz va 17 foiz. 

Ayollar odatda köproq qiziqadigan sohalar va kasblar ham körsatilgan. 2023 yil yakunlariga köra, ayollarning eng köp rezyumelari ma’muriy lavozimlarda (umumiy sonning 9,5 foiz), ta’limda (8,4 foiz) va buxgalteriya hisobida (8 foiz) qayd etilgan.