17:55 / 30.08.2022
2713

“Sirdaryo HETK” AJ tomonidan 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchillik bilan davom etmoqda

Foto: Sirdaryo HETK

Mamlakatimiz hududlari bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida sohaga daxldor xizmatlarning ish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.

Foto: Sirdaryo HETK

Sirdaryo viloyatida 2022-2023 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar tashkil qilingan bo‘lib, aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun joylarda elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida mukammal hamda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Foto: Sirdaryo HETK

Hususan, 2022 yilgi rejaga asosan "Sirdaryo HETK" AJ tomonidan 857,7 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr tarmoqlari va 301 dona 10-0,4 kVli transformator punktlarini mukammal va 1556,3 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr tarmoqlari va 650 dona 10-0,4 kVli transformator punktlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib amalda 601,6 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr tarmoqlari (70,1 foiz) va 214 dona transformator punktlari (71 foiz) mukammal, 1257,9 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr tarmoqlari (80,8 foiz) hamda 467 dona 10-0,4 kVli trasformator punktlari (71,8 foiz) joriy ta’mirdan chiqarildi. Ta’mirlash jarayonlarida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.

Foto: Sirdaryo HETK

Shuningdek yil yakuniga qadar 298,4 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr tarmoqlari, 183 dona 10-0,4 kVli transformator punktlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lsa, 256 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr tarmoqlari, 87 dona 10-0,4 kVli transformator punktlarini mukammal ta’mirdan chiqarish ishlari belgilangan.

Top