07:12 / 05.09.2022
2851

Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatildi

Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatildi.

Foto: Kun.uz

Kecha, 4 sentabr kuni soat 21:10 da Toshkent shahrining Yashnobod va Mirobod tumanlari ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli 110 kV tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan

Buning natijasida, Yashnobod tumani Aviasozlar, “G‘alaba 40 yilligi” massivlari, Muxtor Ashrafiy ko‘chalari va Mirobod tumani Fitrat, Yangi Zamon, Inoqobod, Fayzobod, Eski Otchopar, Oqbilol ko‘chalarida elektr ta’minotida uzilish kuzatildi.

Energetika vazirligi, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borildi. Ta’mirlash ishlari 1,5 soatda yakunlangan va elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Energetika vazirligi keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Top