15:13 / 07.09.2022
18736

Xarkiv markazida yangi vayrongarchiliklar, Donetskda qo‘lbola tez yordam mashinasi. Urush suratlari

6 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv yo‘nalishida qarshi hujumga o‘tdi. Uning maqsadi — Rossiya armiyasi ta’minoti uchun muhim bo‘lgan Balakley shahridir. Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishlarda qarshi hujum qilayotganini aytdi. Istilo ostidagi Berdyansk shahrida ma’muriyat binosi oldidagi portlash oqibatida harbiy komendant Artyom Bardin halok bo‘ldi. Amerika razvedkasi Rossiya KXDRdan Ukrainadagi urush uchun millionlab raketa va artilleriya snaryadlari sotib olayotganini xabar qildi. Xalqaro atom energetikasi agentligi Zaporijjya AES atrofida xavfsizlik zonasi tashkil etishni taklif qildi.

Quyida 6 avgust, urushning 195-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv

Ukrainalik qutqaruvchilar rossiyaliklar raketa zarbasidan vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uy hududida ishlamoqda. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, raketalardan biri besh qavatli uy tomiga kelib tushgan va uch qavatni butkul vayron qilgan. Sinegubov bu uyda yashovchilarning asosiy qismi ko‘chirilgan bo‘lgani, jabrlanuvchilar yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar raketa zarbasi oqibatida yong‘in chiqqan uyda ishlamoqda. Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi raketa ma’muriy bino hovlisiga kelib tushgan.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Dengiz cho‘chqasini ko‘tarib olgan mahalliy aholi vakili. Ayolni aviazarba kelib tushgan uy ichidan olib chiqishgan. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, Xarkiv Belgorod oblasti hududidan turib o‘qqa tutilgan.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi kelib tushgan joyda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi vakili zarbadan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirishga urinmoqda.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivlik kishi Rossiya harbiylari raketa zarbasidan vayron bo‘lgan bozor hududida. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 6 sentabrga o‘tar kechasi qilingan hujum oqibatida shahar chekkasidagi uyda yashovchi 73 yoshli ayol halok bo‘lgan. Tungi otishmalar chog‘ida Xarkivdan shimolda joylashgan Zolochev posyolkasida ham ikki kishi qurbon bo‘lgan.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv shimoli-sharqidagi Saltovkada ko‘ngillilar tarqatayotgan oziq-ovqatga navbatda turgan xarkivliklar — bu rayon Rossiya qo‘shinlarining aviazarbalaridan kuchli darajada shikastlangan.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Slovyanskdagi uy xarobalari. 6 sentabr kuni Rossiya qo‘shini shaharni o‘qqa tutishi oqibatida turar joylar vayron bo‘lgan. 7 sentabrga o‘tar kechasi rossiyaliklar yana Slovyanskka zarbalar berdi: maktab va turar joy binosi shikastlangan, mahalliy rasmiylar xarobalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Kramatorsk aholisi mahalliy munitsipalitet va World Food Program tashkilotidan (BMTga tegishli) gumanitar yordam olmoqda. Kramatorsk logistik markaz hisoblanadi va urushning ilk kunlaridanoq rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilmoqda. So‘nggi zarbalar 3 sentabrga o‘tar kechasi berilgandi.
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskdagi «DXR» xalq militsiyasining avtotransport ta’mirlash bazasida turgan kishi. Uning yonidagi mashina tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi tasdiqlashicha, rossiyaliklar Donetskda majburiy safarbarlik o‘tkazmoqda va erkaklarni hatto kasalxonalardan ham urushga olib ketmoqda – bu haqda mahalliy aholi vakillari ham gapirgan. Ukrain nashrlariga ko‘ra, 6 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Donetsk yaqinidagi Rossiya armiyasi pozitsiyalariga zarba bergan. Foto: Vladimir Gerdo / TASS
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top