13:22 / 08.09.2022
2381
118 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga ish va o‘qish uchun tavsiyalar berildi

2021 yilda qariyb 118 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga ishga, o‘qishga joylashish va kasbga o‘rganish uchun tavsiyalar berilgan. 

Umarali Nazarmatov

AOKAda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i Umarali Nazarmatov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda hukumat qarori mazmuni haqida ma’lumot berildi.

Qaror tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) vrach ekspertlari hamda aholi bandlikka ko‘maklashish markazlari xodimlari, ish beruvchilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosiysi bo‘lib xizmat qiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyat olib borishi uchun ular tomondan faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlarga aniq tavsiyalar berilishi yo‘lga qo‘yiladi, ya’ni TIEK tomonidan nogironlik belgilangan shaxsga salomat holatiga qarab 70 ta yo‘nalish bo‘yicha 649 ta turdagi kasblar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va lavozimlar ro‘yxati asosida ular qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va kasbga o‘qitish ishlarini yanada kuchaytiradi.

Top