10:03 / 17.09.2022
4395

Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun dori vositalari ro‘yxati kengaytirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatini yangiladi.

Foto: Depositphotos

Avvalgi versiyasiga nisbatan ro‘yxat 171 pozitsiyadan 176 pozitsiyagacha oshirilgan.

Ro‘yxatga quyidagi preparatlar qo‘shilgan: blinitumomab, akalabrutinib, pomalidomid, ekulizumab, shuningdek antimikrobli gidrogel bog‘lami miramistin bilan.

Hujjat 2022 yil 12 sentabrdan kuchga kirdi.

Top