Qirğiziston va Tojikiston çegara xizmatlari rahbarlari Ularbek Şarşeyev va Rajabali Rahmonali özaro uçraşuv çoğida Botken va Söğd viloyatlari çegarasida otişmalar oldini oliş böyiça işlarni taşkil etişga kelişib oldi. Bu haqda 17 sentabr, şanba kuni «Interfaks» xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 09:00 ga qadar (Toşkent vaqti bilan 08:00) «çegara idoralarining hududiy boşqarmalari rahbarlari provokatsiyalar va otişmalarning oldini oliş böyiça işlarni şaxsan taşkil etişlari şart», deyiladi Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) Çegara xizmati Axborot va kommunikatsiyalar boşqarmasi xabarida.

Qöşma tezkor ştab tarkibiga ikki viloyatning Milliy xavfsizlik davlat qömitasi hududiy boşqarmalari, çegara idoralari va huquqni muhofaza qiluvçi idoralari rahbarlari kiritildi. Ştab «Guliston-avtodorojniy» nazorat-ötkaziş punktida faoliyatini davom ettiradi. 

Qirğiziston çegara xizmati 17 sentabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 02:00 da davlat çegarasining qirğiz-tojik qismidagi vaziyatni tarang deb baholandi. 

Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berişiça, 16 sentabr kuni keçgan töqnaşuvlar natijasida 87 kişi jarohatlangan, beş nafar jabrlanuvçi ambulator davolanişga yuborilgan. Botken viloyati soğliqni saqlaş muassasalariga 24 nafar halok bölganlarning jasadi qabul qilindi, deb xabar qildi Qirğiziston Soğliqni saqlaş vazirligi. 

Yevropa ittifoqi çegaradagi keskinlaşuvga munosabat bildirdi. Yevropa taşqi aloqalar xizmati (EEAS) keskinlikning kuçayişi «mintaqaviy barqarorlikka zarar yetkazişini» ta’kidladi. Yevropa ittifoqi 16 sentabrda erişilgan sulhni olqişlaydi, deya ma’lum qildi Bryussel. 

Qirğiziston va Tojikiston prezidentlari Sadir Japarov va Imomali Rahmon Samarqandda bölib ötgan Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida muzokaralar ötkazib, öt oçişni töxtatiş, kuç va vositalarni töqnaşuv çiziğidan olib çiqiş böyiça kelişib oldi. 

«Biz ikkala tomonni sulhning samarali bajarilişini ta’minlaşga va barça sa’y-harakatlarni keskinlikni pasaytiriş, mavjud kelişmovçiliklarni imkon qadar tezroq barqaror hal etişga yönaltirişga çaqiramiz», deya bildirdi EEAS. 

Bryussel Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakil va Yevropa ittifoqi vakolatxonasi orqali ikki davlat rasmiylari bilan diplomatik aloqalarda bölib turibdi. «Biz har qanday kelişmovçiliklarni tinç, diplomatik yöl bilan hal qilişga çaqiramiz», — deya xabar berdi Yevropa ittifoqi taşqi siyosat idorasi va Bryussel kelişuvga yordam berişga, şuningdek, «mintaqadagi barqarorlik va farovonlik uçun faol siyosiy yordam»ni davom ettirişga tayyorligini qöşimça qildi.