13:39 / 21.09.2022
2677
Toshkent viloyatida muddati o‘tgan 445 ming dona dori muomalaga kiritilishi oldi olindi

Yangiyo‘l tumanida yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departament Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan DXX, IIB va DSI xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro O.D. va boshqalar yashash xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan, muddati o‘tgan sifatsiz dori vositalarini yaroqlilik muddatlarini o‘zgartirib sotish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlanib, ushbu xonadondan 34 turdagi jami 445 ming dona dori vositalari va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini dorixonalardan va ular filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top